Янгиликлар
Hujjatlarni soxtalashtirish jinoyat
Hujjatlarni soxtalashtirish jinoyat
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Unga koʻra, "Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish" ijtimoyi hafvli harakatlari jinoyat deb topilgan.
Mazkur jinoyatni sodir etganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu jinoyatning ikkinchi qismida esa nisbatan ogʻirlashtiruvchi quyidagi harakatlar bayon etilgan:
a)takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan ttil biriktirib sodir etilgan boʻlsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, ushbu moddaning ahamiyatli jihati shundaki qonun chiqaruvchi ushbu moddaning uchinchi qismida mustaqil tarkibli jinoyatni kiritib oʻtgan boʻlib, "Hujjatlarning qalbaki ekanligini bila turib undan foydalanish" uchun javobgarlik belgilangan.
Mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti D.A.Djurayeva