Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Oʻlchash vositalari qayerlarda oʻrnatilishi lozim?


Oʻlchash vositalari qayerlarda oʻrnatilishi lozim?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qaroriga koʻra, barcha oʻlchash vositalari davlat metrologiya xizmatining metrologiya tekshiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikatga (yoki guvohnomaga) ega boʻlishi kerak.

Nosoz va qoʻllashga ruxsat berilmagan oʻlchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Tarozilar va boshqa oʻlchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini koʻradigan qilib oʻrnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida oʻrnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.

  Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti             D.A.Djurayeva