Янгиликлар
Reklama peshtaxtalarini qayerlarda oʻrnatish mumkin emas?
Reklama peshtaxtalarini qayerlarda oʻrnatish mumkin emas?
Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari):
-Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi;
-reklama joyining pasportiga muvofiq faqat reklama tarqatish maqsadida foydalanilishi;
-reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilishi;
-tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) yoʻlning qatnov qismiga chiqarib oʻrnatish taqiqlanadi.
Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlariga, yoʻl belgilariga va svetoforlarga, ularning tirgaklariga yoki harakatni tartibga solish uchun moʻljallangan boshqa har qanday qurilmaga oʻrnatish, shuningdek tutash hududdagi obodonlashtirish elementlarini buzgan holda oʻrnatish taqiqlanadi.
Reklama joyi pasportining egalari oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishi shart.
Reklama joyi pasportining egasi tomonidan ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilmasligi reklama joyi pasportini bekor qilish uchun asos boʻladi. Reklama joyi pasporti bekor qilingan taqdirda, reklama joyining pasportida koʻrsatilgan, davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionda sotuvga qoʻyiladi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti D.A.Djurayeva