Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qaysi tashkilotlar bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qiladi?


 

Qaysi tashkilotlar bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qiladi?

Oʻzbekiston Respublikasi “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Shuningdek, agentlik axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi sanaladi.

Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga quyidagilar kiradi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;

- voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari;

- mahalliy davlat hokimiyati organlari;

- taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;

- davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti             D.A.Djurayeva