Янгиликлар
Qanday hollarda respublika hududidan chiqishga taqiq qoʻyilishi mumkin?
Qanday hollarda respublika hududidan chiqishga taqiq qoʻyilishi mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishda ayrim holatlarda qonunchilikda belgilangan cheklovlar mavjud. Bulardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning 42(1)-moddasiga asosan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Bundan tashqari voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlarni toʻlash majburiyatini olgan shaxslarga nisbatan ham Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishda cheklovlar belgilanadi.
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilingan unga koʻra Xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish asoslari koʻrsatilgan. Unga koʻra:
a) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
b) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida bila turib soxta yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlsa;
v) qoʻl barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va koʻzoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi koʻrinishga taʼsir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qatʼiy bildirilgan boʻlsa;
g) agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga toʻsqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan boʻlsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar;
d) agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
e) agar shaxs ichki ishlar organlarining maʻmuriy nazoratida boʻlsa — nazorat toʻxtatilgungacha (maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
j) agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilgan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
z) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni taʼminlash uchun alimentlar oldindan toʻlanganligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
i) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi axboroti mavjud boʻlsa.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti D.A.Djurayeva