Янгиликлар
Yollanma ishchining YATT da ishlagan davri mehnat stajiga kiritiladimi?
Yollanma ishchining YATT da ishlagan davri mehnat stajiga kiritiladimi?
Mehnat kodeksining 507-513-moddalarida bu xolat batafsil tushuntirilgan. 508-moddaga koʻra, xodim bilan YATT oʻrtasida mehnat shartnomasi 3 nusxada tuziladi, ulardan biri YATTda qoladi, ikkinchisi xodimga, uchinchisi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. YATT tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq eʼlon qilmasdan amalga oshiriladi. YATT da ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.
Lekin 512-moddada YATTda yollanib ishlash davrlari, ijtimoiy soliq toʻlansa, xodimning mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Xodimning mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi, - deyilgan.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti D.A.Djurayeva