Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Yangi tugʻilgan bolani qonniy asoslarda farzandlikka olgan shaxlarga qanday tatillar beriladi?
Huquqshunosga savol:
Yangi tugʻilgan bolani qonniy asoslarda farzandlikka olgan shaxlarga qanday tatillar beriladi?
Javob:
Yangi tugʻilgan bolalarni farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga beriladigan taʼtillar
Yangi tugʻilgan bolalarni bevosita tugʻuruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) oʻtgunga qadar boʻlgan davrda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlagan holda taʼtil beriladi va ularning xohishiga koʻra, bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun qoʻshimcha taʼtillar beriladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov