Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Xozir 16 yoshdaman, sogʻligim boʻyicha muammolar yoʻq, 7 yil sport bilan shugʻullanganman. Yuqori sinfda oʻqiyman, fanlarni oʻzlashtirishim alo darajada, dars tayyorlashga vaqtim doim yetarli. Meni ishga qabul qilishadimi?


Huquqshunosga savol:

Xozir 16 yoshdaman, sogʻligim boʻyicha muammolar yoʻq, 7 yil sport bilan shugʻullanganman. Yuqori sinfda oʻqiyman, fanlarni oʻzlashtirishim alo darajada, dars tayyorlashga vaqtim doim yetarli. Meni ishga qabul qilishadimi?

Javob:

Ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladigan yosh. Ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl qoʻyiladi. Oʻn besh yoshga toʻlgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumtaʼlim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini oʻn toʻrt yoshga toʻlganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sogʻligʻiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                              N.Tursunov