Янгиликлар
Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin?
Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin?
"Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:
fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar;
maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar;
maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa;
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
oʻz huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda toʻlov amalga oshiriladi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva