Янгиликлар
Sharʼiy nikohdagi farzandga ham aliment undirsa boʻladimi?
Sharʼiy nikohdagi farzandga ham aliment undirsa boʻladimi?
Oila kodeksining 62-moddasiga asosan oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi boʻlmasa sud tartibida belgilanadi.
Bunda otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tugʻilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy roʻzgʻor yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud taʼminlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni eʼtiborga oladi.
Aliment masalasiga kelsak, maʼlumki, Oila kodeksi 96-moddasiga muvofiq har bir ota-ona farzandi uchun aliment toʻlashga majbur hisoblanadi. Bu va bundan keyingi normalarda alimentning voyaga yetmagan farzand uchun (ayrim holatlarda voyaga yetganlari uchun ham) belgilangan.
Bunda qonun chiqaruvchi er-xotinning qonuniy yoki sharʼiy nikohdaligi emas, balki bolaning shu ota-onadan tugʻilganligini faktini asos qilib oladi.
Soddaroq aytganda bir uyda qonuniy yoki sharʼiy nikoh asosida yashab turib ham aliment undirish mumkin. Bunda eng asosiysi bola aliment undirish soʻralgan ota yoki onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalillar (tugʻilganlik haqidagi guvohnomadagi ota-ona haqidagi yozuvlar yoki sudning qarori) boʻlishi kifoya.
Yuqoridagi kodeks 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan soʻng qancha muddat oʻtganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva