Янгиликлар
Yoshlar ZAKSdan oʻtgan lekin toʻy boʻlmagan boʻlsa, ajrim qanday tartibda amalga oshiriladi?
Yoshlar ZAKSdan oʻtgan lekin toʻy boʻlmagan boʻlsa, ajrim qanday tartibda amalga oshiriladi?
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi arizani berish uchun FHDYO organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDYO organi mudiri tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga oʻzaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yoʻqligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYO organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
1.Mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʻlmagan er-xotinlarning nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi arizasi;
2.Shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport;
3Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva