Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Telegram orqali boshqa shaxsni haqorat qilgan shaxsga qanday javobgarlik bor ?


Telegram orqali boshqa shaxsni haqorat qilgan shaxsga qanday javobgarlik bor ?

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga koʻra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi deb koʻrsatilgan.

Telegram boʻladimi, instagram boʻladimi, tiktok boʻlmaydimi farqi yoʻq, Haqorat xamma joyda haqorat xisoblanadi.  Toʻgʻri, jinoyat kodeksida internet tarmoqlari orqali haqorat qilganlik uchun ogʻirroq javobgarlik belgilangan lekin, u javobgarlikni shartlari boshqacha.

Demak, haqorat qilgan shaxsni javobgarlikka torttirish uchun daʼvogar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlarga boʻlayotgan holat boʻyicha ariza berishi kerak boʻladi. Shunda unga telegram orqali xaqoratomuz gaplarni yozayotgan shaxs topilib, yuqoridagi 41-moddada belgilanganidek miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva