Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kreditni olgan odam kreditni toʻlamayapti


Kreditni olgan odam kreditni toʻlamayapti

Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga asosan Kafillik shartnomasi boʻyicha kafil boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga oladi.

Kodeksning 293-moddasiga asosan Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.

Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

Kodeksning 295-moddasiga asosan Majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli boʻlgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha hajmda oʻtadi. Kafil kreditorga toʻlangan summaga foizlar toʻlashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan koʻrgan boshqa zararini toʻlashni qarzdordan talab qilishga haqli.

Mazkur holatda siz qarzni toʻlashingiz va toʻlab boʻlganingizdan soʻng toʻlangan summani qarzdordan REGRESS tartibida talab qilishingiz mumkin. Ammo kafillikdan ozod boʻla olmaysiz.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva