Янгиликлар
Maʼnaviy zarar miqdori qanday belgilanadi?
Maʼnaviy zarar miqdori qanday belgilanadi?
Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga asosan, maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim.
Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Maʼnaviy zararning aniq bahosi qonunchilikda belgilanmagan. Yaʼni, manaviy zarar yetkazganlik uchun huquqbuzardan jabrlanuvchi foydasiga manashunchadan ortiq pul undirish mumkin emas degan norma qonunchilikda yoʻq. 50 mln soʻm emas hattoki 150 mln soʻm xam undirishingiz mumkin. 850 mln soʻmga xam daʼvo qilishingiz noqonuniy emas. Faqat, Siz qanchaga daʼvo qilmang amalda qancha undirish masalasini sud hal qiladi.
Sud bu masalani hal etayotgan vaqtida oqilonalik va adolatlilik talablaridan kelib chiqib ish koʻradi. Masalan, u Sizni nima sababdan haqorat qildi, qaysi gapingizdan keyin haqorat qildi, haqiqatdan xam haqorat qilganmi oʻzi, nima deb haqorat qildi va kimlarni oldida bu ishni qildi. Haqorat qilgan odamning shaxsi qanday va moliyaviy holati qanaqa. Siz qanday insonsiz va jamiyatda tutgan oʻrningiz qanaqa. Atrofdagi odamlar kimlar edi-yu ularni Sizlar bilan bogʻliq nizoga guvoh boʻlib qolish sabablari qanaqa. Sud manashu holatlarni qoʻshib, koʻpaytirib, ayrib, boʻlib chiqishi natijasida vaziyat Siz daʼvo qilgan oʻsha 50 mln soʻmga tortsa, demak 50 mln soʻm maʼnaviy zarar undirish boʻyicha qaror chiqarishi mumkin.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva