Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ota spirtli ichimliklar isteʼmol qilsa otalikdan mahrum qilsa boʻladimi?


Ota spirtli ichimliklar isteʼmol qilsa otalikdan mahrum qilsa boʻladimi?

Oila kodeksining 79-moddasiga koʻra ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa;

uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa;

oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Mazkur kodeksning 80 moddasiga binoan ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Demak, ota "alkash" boʻlsa uni sud qarori asosida otalikdan mahrum qilish mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva