Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Fuqarolar qanday holatda oʻz koʻchmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq toʻlaydi?


Fuqarolar qanday holatda oʻz koʻchmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq toʻlaydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanadi:

noturar joylarini;

36 kalendar oydan kam muddatda mulkida boʻlgan turar joylarni.

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki xadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida oʻtganligidan qatiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad soligʻi toʻlashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan koʻp muddatda boʻlgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq toʻlovchining mulkida boʻlgan har bir obekti boʻyicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari toʻgʻrisida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi ) jami daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishi va daromad soligʻi summasini 1-iyunga qadar toʻlashi lozim. 

“my soliq uz” saytidan jami daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar boʻyicha sotib olish va sotish qiymati oʻrtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Koʻchmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi – 12%.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva