Янгиликлар
Shaxs vafot etsa u tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlanmay qolgan soliqlarni kim toʻlaydi?
Shaxs vafot etsa u tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlanmay qolgan soliqlarni kim toʻlaydi?
Soliq kodeksining 94-moddasiga asosan Soliq qarzi mavjud boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb eʼtirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva