Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Hadya qilingan uy hadya qiluvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkinmi?


Hadya qilingan uy hadya qiluvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkinmi?

Fuqarolik kodeksining 507-moddasiga koʻra, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan oʻldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega boʻlgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yoʻq boʻlib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

Yuqoridagi sabablardan biriga asosan otangiz yoki vorislar sudga daʼvo qilib xadya qilib yuborilgan mol-mulkini qaytarib berilishini talab qilishi mumkin.

Shunchaki fikri oʻzgarib qolganligi, oʻrtadagi munosabatlar buzilganligi va boshqa oʻylab topilgan sabablar bilan xadya qilingan mulkni qaytarib boʻlmaydi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva