Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kimlar tekinga uy-joy olishi mumkin?


Kimlar tekinga uy-joy olishi mumkin?

Uy-joy kodeksi 19-moddasi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan, quyidagi holatlarda fuqarolarga Davlat tomonidan tekinga uy-joy beriladi:

     Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda;

     Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni toʻlanmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qatʼi nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.

     2020-yil 5-oktyabrdagi 640-sonli Qonuni bilan “koʻp bolali oila” terminining yagona tushunchasi kiritildi, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirildi. Oila kodeksi 4-1-moddasiga koʻra, toʻrt nafar va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oiladir. Bunda, agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi. Davlat bunday oilalarga ijtimoiy taʼminotni taʼminlab beradi.

     Xususan, koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda kafolatlar nazarda tutilgan. Mehnat kodeksi 68-moddasiga koʻra, davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.

“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasida ham davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlashi mustahkamlangan. Qonunga koʻra koʻp bolali oilalarning ota-onalari aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiritilgan.

     Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan koʻp bolali oilalar koʻp kvartirali uylardan imtiyozli kreditlar asosida uy-joy olishi, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari hamda xotin-qizlarga ajratiladigan arzon uy-joylardan uy (kvartira) olishi mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva