Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Pora berishga vositachilik bilan firibgarlikni nima farqi bor?


Pora berishga vositachilik bilan firibgarlikni nima farqi bor?

Jinoyat kodeksi 212-moddasiga muvofiq pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish,— bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentyabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandida pora oluvchining yoki beruvchining topshirigʻiga koʻra harakat qilib pora buyumini bevosita beruvchi shaxs vositachi boʻlishi belgilangan.

Shuni ham aytish kerakki, vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan oʻz xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yoʻq.

Endi qarang! Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktyabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 22-bandiga muvoifq agar shaxs (shu jumladan mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), goʻyoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati boʻlmasdan, ularni oʻzlashtirsa,qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Jinoyat kodeksi 168-moddasiga koʻra firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish —bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva