Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilangan?


Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilangan?

 Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga koʻra, manfaatdor shaxs bu masalada Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari  yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilib, Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

Qolaversa nizomda yuqoridagi komissiya tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi xamda norozi tarafning apellyatsiya berish jarayonigacha boʻlgan holatlar belgilangan.

Manfaatdor shaxslar bu tartib boʻyicha Komissiya va Apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi boʻlgan holatlarda bevosita sudga shikoyat qilish huquqidan foydalanishlari mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva