Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Radar” oʻrnatilgan joyda “Radar” yoʻl belgisi boʻlishi shartmi?


“Radar” oʻrnatilgan joyda “Radar” yoʻl belgisi boʻlishi shartmi?

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 5.43-bandiga koʻra, “Radar” yoʻl belgisi - tezlikka rioya etilishi radar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi belgi hisoblanadi.

     Ushbu yoʻl belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga oʻrnatilishi shart.

    Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yoʻl belgilarini, koʻchma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa koʻchma ustunga vaqtinchalik yoʻl belgilarini oʻrnatish koʻzda tutiladi.

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qaroriga koʻra, YPX xodimi oʻz xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda oshkora usulda amalga oshiradi.

     Yoʻllarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi. Koʻchma fotoradar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimlarining kunlik dislokatsiyasi boʻlishi lozim.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva