Янгиликлар
Dyekret puli 75% toʻlanadimi yoki 100% mi?
Dyekret puli 75% toʻlanadimi yoki 100% mi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezindentining PQ 2699-sonli qaroriga 05.04.2018-yilda PF – 5398 sonli farmon asosida kiritilgan oʻzgarishga koʻra:
ayol xodimning ishga qabul qilingan kunidan boshlab 12 oygacha-homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan vaqt uchun oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi;
ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan ortiq vaqt mobaynida-homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan vaqt uchun oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, “ayol xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha” jumlasi qoʻllanilgan. Mana shu jumla ayol xodimning umumiy ish stajini emas, aksincha oʻsha tashkilotga ishga kirgan vaqtidan boshlab homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun ish staji ketishini anglatmoqda.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 404-moddasiga koʻra oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva