Янгиликлар
07
Tuxmat uchun qanday javobgarlik bor?
Tuxmat uchun qanday javobgarlik bor?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 40-moddasiga koʻra, tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Agar oʻsha shaxs Sizga nisbatan qilayotgan tuxmatini asoslab bera olmasa va Siz uni gaplari tuxmat ekanligini isbotlab bera olsangiz, unga nisbatan yuqoridagi jarima miqdori qoʻllanilishi mumkin.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva