Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Plastik kartadan noqonuniy pul yechilganda nima qilish kerak?


Plastik kartadan noqonuniy pul yechilganda nima qilish kerak?

Toʻlov karta hisobvaragʻidan pul mablagʻlarining yoʻqolishi (noqonuniy olib qoʻyilishi) turli sabablarga koʻra, firibgarlik operatsiyalaridan tortib terminal yoki bankomatning ish faoliyatidagi uzilish bilan bogʻliq holda yuz berishi mumkin.

Odatda plastik kartadan pul mablagʻlarni hisobraqamdan notoʻgʻri yechib olinishi bilan bogʻliq muammolar texnik nuqsonlardan kelib chiqadi.

 Sizning ruxsatingizsiz plastik kartangizdan pul mablagʻlari yechilganligini aniqlagan boʻlsangiz, quyidagi holatlarni aniqlashtirishingiz tavsiya etiladi:

 Sizda davlat ijrochilari kartangizdan yechib olishi mumkin boʻlgan har qanday toʻlanmagan jarimalaringiz bormi?

   Oxirgi marta kartangiz orqali toʻlovlarni qachon amalga oshirdingiz?

  Karta hisob raqamini yuritish uchun toʻlovni amalga oshirish muddati kelmadimi?

  Mablagʻlarning yechib olinishi siz toʻlashni unutgan majburiy toʻlovlar bilan bogʻliqmi (kommunal xizmatlar)?

   Agar karta egasi pul mablagʻlari uning hisobidan yoʻqolgan deb topsa nima qilish kerak?

   Birinchi bosqich: kartani blokirovka qilish. Bu holatlarda zudlik bilan xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qilish (qoʻngʻiroq qilish) tavsiya etiladi.

   Ikkinchi bosqich: bankka murojaat qilish. Agar yoʻqolgan karta orqali pul mablagʻlari yechib olingan boʻlsa, u holda pul oʻtkazmasini bekor qilish haqida ariza bilan bankka murojaat qilish kerak. Arizada barcha holatlarni batafsil bayon qilish lozim. Bundan tashqari, mijozning kartadan pul mablagʻlarini yechib olishida aloqador emasligini tasdiqlovchi barcha mumkin boʻlgan dalillar ilova qilinadi.

    Uchinchi bosqich: huquqni muxofaza qiluvchi oraganlarga murojaat qilish. Ikkinchi bosqichga parallel ravishda, ichki ishlar organlariga bank kartasidan pul mablagʻlarining oʻgʻirlanganligi haqida ariza bilan murojaat qilish tavsiya etiladi. Arizada barcha sharoitlarni batafsil bayon qilish lozim. Bundan tashqari, mijozning kartadan pul mablagʻlarini yechib olishida aloqador emasligini tasdiqlovchi barcha mumkin boʻlgan dalillar ilova qilinadi.

    Toʻrtinchi bosqich: sudga daʼvo arizasi kiritish.

Agar bank hisobdan noqonuniy yechib olingan mablagʻlarni qaytarish talabini rad etgan boʻlsa, sudga murojaat qiling. Yetarli asoslar mavjud boʻlganda jabrlanuvchi oʻz mablagʻlarini qaytarishi mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva