Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Talaba ishlashi mumkinmi?


Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talaba ishdan boʻsh vaqtlarda mehnat qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42-moddasi, Mehnat kodeksining 5-moddalariga binoan, har kim munosib mehnat qilish huquqiga ega. Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandiga asosan, kunduzgi taʼlim shaklida talaba kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi tuzib ishlashga haqli. Shunday ekan oʻqishdan boʻsh vaqtda talaba ishlashi mumkin.

Qonunchilikda aynan talabalar uchun ish soati cheklovi belgilanmagan. Biroq 1-kurs talabasi hali 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa, u Mehnat kodeksiga koʻra, haftasiga 30 soatdan ortiq ishlay olmaydi. Maʼlumot uchun normal ish vaqti haftasiga 40 soat.

Asosiy ish joy — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksisiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot.

Oʻrindoshlik asosida ishlash — xodimni oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishdan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa xaq toʻlanadigan ishni bajarish.

Hulosa qilib aytadigan boʻlsak talabani ishlashi uchun hech qanday cheklov yoʻq! Oylik maosh masalasi buxgalteriyaga oid mavzu. Qonunchilikka koʻra ish xaqini hisoblash, ish vaqti, shtat jadvali, malaka toifalarini hisobga olgan holda maosh tayinlanadi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva