Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Siz kafil sifatida barcha majburiyatlaringizni bilasizmi?


Siz kafil sifatida barcha majburiyatlaringizni bilasizmi?

     Hamkasb doʻstingiz oʻzi olayotgan kredit kartasi, mikroqarz, overdraft yoki isteʼmol krediti uchun sizdan kafil boʻlishni soʻraganmi?

     Kafillik – kredit taʼminotining bir turi boʻlib, unda kafil kreditni qarzdor tomonidan toʻliq yoki qisman toʻlanishiga kafolat beradi, aks holda, kafilning oʻzi kreditni kafillik summasi doirasida toʻlab berishni oʻz boʻyniga oladi. Bankning ichki tartibidan kelib chiqqan holda, kredit taʼminoti uchun kafillikni qabul qilishga limit oʻrnatilishi mumkin, masalan, 50 mln. soʻmdan yuqori kreditlarga kafillikdan boshqa taʼminot turlari talab etilishi mumkin.

     Kafilning majburiyatlarini bilasizmi?

     Siz kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan soʻng, doʻstingiz bilan bir qatorda kredit toʻlanishiga javobgar hisoblanasiz. Doʻstingiz maʼlum bir sabablarga koʻra kreditni toʻlamaganda kreditni toʻlab berish majburiyati uning oʻrniga sizga yuklatiladi.

     Bank kredit shartlari buzilganda muddati oʻtgan qarzdorlikni toʻliq undirish uchun ishni sudga oshirish huquqiga ega. Bunda qarzdor bilan birgalikda kafil ham barobar javobgar boʻladi, hattoki, sud boʻyicha davlat boji harajatlariga ham.

     Kafillikka rozi boʻlishdan oldin, moliyaviy savodxonlikka ega inson sifatida doʻstingizdan quyidagilarni soʻrab olsangiz, foydadan holi boʻlmaydi:

     ▪kredit summasi va foizi;

     ▪kredit muddati;

     ▪kredit turi va maqsadi;

     ▪kredit toʻlov grafigi boʻyicha oylik toʻlov summasi;

     ▪kredit taʼminotiga boshqa garov mulklari qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi;

     ▪doʻstingizni boshqa kreditlari bor yoki yoʻqligi;

     ▪doʻstingizning oylik daromadlari;

     ▪doʻstingizni shaxsiy xarakteriga: punktualligi, tartibliligi, hisobliligi.

 

     Kafillik uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

 

     Kafil – jismoniy shaxs:

     ▪pasportingiz nusxasi;

     ▪ish joyingizdan oylik daromadingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

     Kafil – yuridik shaxs:

     ▪tashkilotning soʻnggi hisobot yili uchun yillik moliyaviy hisoboti (Forma 1, 2);

     ▪hisobvaraq aylanmasidan koʻchirma;

     ▪tashkilot kafilligini taqdim etishga tashkilot rahbarining roziligi.

     Doʻstingiz kreditni oʻz vaqtida toʻlashiga kafolat berishdan oldin, oʻz moliyaviy imkoniyatlaringizni ham sarhisob qilib oling. Chunki bu kredit boʻyicha siz ham birdek javobgarsiz!

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva