Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xotinini qarindoshlaridan ajratib qoʻygan erga davobgarlik bormi?


Xotinini qarindoshlaridan ajratib qoʻygan erga davobgarlik bormi?

Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiNING 59 prim 2-moddasiga asosan xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni, qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa,

—bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva