Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xodim homiladorlik tatilidan mehnat tatiliga chiqdi. Keyin bola parvarishlash tatiliga chiqadi. YAMMT ga kiritiladimi mehnat tatili yoki bola parvarishlash ga chiqqandan keyin yoziladimi?


Xodim homiladorlik tatilidan mehnat tatiliga chiqdi. Keyin bola parvarishlash tatiliga chiqadi. YAMMT ga kiritiladimi mehnat tatili yoki bola parvarishlash ga chiqqandan keyin yoziladimi?

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilova “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobi 33-35-bandlari xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga soladi

 

Unga ko’ra, xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy ta’til davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

Xodimning ijtimoiy ta’tilini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatga olingan taqdirda kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov