Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Rahbar xodimini hamkasblari oldida yani yig'ilish bo'lganda izza qilishga harakat qildi va xo'p deyishiga qaramay ushbu holatdan keyin qon bosimida muammo bo'ldi lekin hamkasblari buni tabiiy qabul qilishmoqda va guvohlik berishmayabdi?


Rahbar xodimini hamkasblari oldida yani yig'ilish bo'lganda izza qilishga harakat qildi va xo'p deyishiga qaramay ushbu holatdan keyin qon bosimida muammo bo'ldi lekin hamkasblari buni tabiiy qabul qilishmoqda va guvohlik berishmayabdi?

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, 13-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga asosan, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Mazkur kodeksning 298-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh ko‘rsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, shu ish xususida o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsalarni aytib berishi va qo‘yilgan savollarga javob berishi shart.

 

Ish beruvchi Xodimini haqoratlashi, kamsitishi mumkin emas. Agar shunday holat yuz bergan bo‘lsa ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Guvohlar esa bo‘lgan voqeani aytib berishi shart.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov