Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xodim tomonidan Xususiy klinikadan bolnichniy olib kelsa o’tmas ekan. Shu to’g’rimi?


Xodim tomonidan Xususiy klinikadan bolnichniy olib kelsa o’tmas ekan. Shu to’g’rimi?

 

 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi 2667 Yo’riqnoma 4-bandiga ko’ra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.

 

E’tibor bering, qoida tariqasida deyilmoqda. Ya’ni bundan faqat davlat davolash-profilaktika muassasalari mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli degan xulosaga kelmaslik kerak.

 

Yo’riqnomaning 5-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.

 

Demak, agar xususiy klinika Yo’riqnomaning 5-bandidagi talablarga javob bersa, ular mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli.

 

Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:

 

tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;

shifoxonalarning qabul bo‘limlari;

sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;

pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;

fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov