Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xodimlarga 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan premiya bersa bo’ladimi?


Xodimlarga 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan premiya bersa bo’ladimi?

 

Bu tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlariga bog’liq.

 

MK 24-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish huquqiga ega.

 

MK 299-moddasiga ko’ra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

 

MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

 

MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

jamoa kelishuvlari;

jamoa shartnomalari;

ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;

ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

 

Agar tashkilotning ichki hujjatlarida faqat MK 208-moddasida nazarda tutilgan, 9ta ishlanmaydigan bayram kunidagina xodimlarni mukofotlash nazarda tutilgan bo’lsachi?

Yoki tashkilotning ichki hujjatlarida xodimlarni umuman mukofotlash nazarda tutilmagan bo’lsachi?

 

Bu holatda ish beruvchi garchi ichki lokal hujjatlarda nazarda tutilmagan bo’lsada, xodimlarni rag’batlantirishi mumkin.

 

Chunki, yuqorida tahlil qilib o’tganimizdek, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjat hisoblanadi!

 

Budjet tashkilotlari ham o’zlarining budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan xodimlarni 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan mukofotlashlari mumkin!

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov