Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Suyunchi puli” qay tartibda beriladi.


“Suyunchi puli” qay tartibda beriladi.

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 9-bandning “v” kichik bandiga ko’ra, bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 1️⃣ oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qiladi.

 

Avval 6 oy muddat ichida murojaat qilsa bo’lar edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-sonli qarori bilan 6 oylik muddat 1 oyga tushirildi.

 

Demak, “Suyunchi puli”ni olish uchun 1️⃣ oy muddat ichida “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilish mumkin! Agar muddatni o'tkazib yuborsangiz, "suyunchi puli"dan mahrum bo'lasiz!

 

“Suyunchi puli” mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi miqdorida beriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m. 1 155 000 *70,3% = 811 965 so'm. “Suyunchi puli”dan soliq ushlanmaydi! Qo’lga to’liq 811 965 so'm tegadi!

 

Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov