Янгиликлар
Ishga kirish uchun yo‘llanma talab qilinishi to‘g‘rimi?
Ishga kirish uchun yo‘llanma talab qilinishi to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum. Men oliy ma’lumotliman. Auksiondan meni nomimga 30 sotix yer olganmiz. Mutaxasisligim buyicha maktabga ishga kirmokchi bulsam bandlikdan yullanma surayapti. Meni nomimda Auksiondan olgan yer bulgan ligi sababli bandlikdan Ya TT ing bor deb yullanma bermayapti. Yullanmasiz maktabga ishga olmayapti. Men endi yattsi bor deb uz soxam buyicha ishga kira olmaymanmi?
Ishga kirish uchun yo‘llanma olish majburiy talab emas.
Yo‘llanma bandlik organlarida ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, nogironligi bo‘lgan yoki bitiruvchi kurs talabalariga nisbatan qo‘llaniladigan qoida.
Bu vaziyatda siz direktordan yozma rad javobi berishni talab qiling.
Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart.
Bunda yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.
Shunga ko‘ra direktor yozma rad javobida yo‘llanma olib kelish talabini qo‘ysa yohud yozma javob berishni xohlasama, tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
10.10.2024 yil