Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Agar xodim majburiy malaka oshirishga yuborilsa, ish haqi va ustamalar saqlanib qolinadimi?


Agar xodim majburiy malaka oshirishga yuborilsa, ish haqi va ustamalar saqlanib qolinadimi?

Assalomu Alaykum. Agar xodim ish joyidan majburiy malaka oshirishga yuborilsa. Uni stajirovkada bulgan davridagi oyililiga nisbatan beriladigan ustama pullari saklanib koladimi? Malaka oshirishga yuborish tugrisidagi buyrukda xodimning oylik ish xaki saklanib koladi deb kursatilgan.

Mehnat kodeksining 370-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

Mana shu qoidaga binoan xodim majburiy malaka oshirishga jalb qilinganda, uning o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi. Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi hisoblanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko‘ra Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo‘shimcha qismi) summasining o‘n ikkidan bir qismi o‘rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra xodimning ustamalari uning o‘rtacha ish haqini hisoblashda qo‘shiladi.

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                       R.Galiyev

 

10.10.2024 yil