Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Dekret ta’tili tugamay turib ishga chiqish mumkinmi?


Dekret ta’tili tugamay turib ishga chiqish mumkinmi?

 

Yo‘q, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugamasdan turib ishga kira olmaysiz. Chunki siz hozirda mehnatga vaqtincha layoqatsiz hisoblanasiz.

 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

 

Bunda Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 28-bandiga ko‘ra homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tug‘ishga qadar necha kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan to‘liq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

 

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi haqida gap ketmoqda.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                       R.Galiyev

 

10.10.2024 yil