Янгиликлар
O‘qituvchilarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda imtiyoz bormi?
O‘qituvchilarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda imtiyoz bormi?
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy Reglamenti 18-bandiga ko‘ra talabalar va pedagoglarning bolalari kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi.
Bunda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bolalarining so‘rovnomalari davlat xizmatlari markazlariga borib, ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatning aslini nusxasini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Ushbu reglamentning 19-bandiga ko‘ra ariza beruvchilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot so‘rovnomada ko‘rsatiladi.
Ushbu jarayonda Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning bolalariga berilgan yo‘llanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
10.10.2024 yil