Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Dekretga chiqishim uchun qanday xujjatlarni ish beruvchiga berish kerak?


Dekretga chiqishim uchun qanday xujjatlarni ish beruvchiga berish kerak?

 

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOMning 40-bandiga asosan

 

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘lishi belgilangan.

 

Bundan tashqari Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi.

 

Shuningdek Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.

 

Demak, siz homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqishingiz uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasining o‘zi asos bo‘ladi. Ish beruvchi sizdan boshqa hujjat talab qila olmaydi.

 

Chinoz tumani adliya bolimi

YUXKM boshligi                                                       R.Galiyev

 

10.10.2024 yil