Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ishlab turgan pedagogni avval sudlangan deb ishdan bo‘shatilishi to‘g‘rimi?


Ishlab turgan pedagogni avval sudlangan deb ishdan bo‘shatilishi to‘g‘rimi?

 

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasidaqasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi” deyilgan.

 

Demak, yuqori tashkilot o‘sha pedagogni avval qasddan sodir qilgan jinoyat uchun sudlanganligini asos qilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda.

 

Aslida, 15-moddaga e’tibor qaratsangiz, yuqoridagi cheklov shaxsni pedagoglik lavozimiga ishga qabul qilish (tayinlash) jarayoniga tegishli ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.

 

1-misol. Sanjar ismli shaxs o‘qituvchilikka ishga kirish uchun o‘ziga yaqin bo‘lgan maktabga murojaat qildi, biroq u bundan uch yil avval qasddan sodir qilgan jinoyati uchun sudlangan ekan. Demak, maktab direktori Sanjarni o‘qituvchilik lavozimiga ishga ololmaydi. Yuqoridagi qoida ana shunday holatlarga tegishli. Agar bu cheklovga rioya qilinmagan bo‘lsa, kun kelib Sanjar MK 168-modda birinchi qismi 4-bandiga asosan (ishga qabul qilishga doir qoidalar buzilganligi munosabati bilan) baribir ishdan bo‘shatiladi. Chunki, bu yerda ishga qabul qilishga qo‘yilgan cheklovga va qoidaga rioya qilinmagan bo‘ladi.

2-misol. Nargiza bundan 5 yil oldin o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan va 2024 yil 10 iyun kuni qasddan sodir qilgan jinoyati (masalan, tuhmat) uchun sudlandi. E’tibor bering, yuqoridagi 15-moddada ko‘rsatilgan cheklov mana shu holatga tegishli emas, negaki bu yerda Nargiza o‘qituvchilikka ishga qabul qilinishidan oldin emas, aksincha, ishga qabul qilinganidan keyin sudlanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ishlab turgan va avval ishga qabul qilingan pedagog kecha yoki bugun sudlangan holatlarga 15-moddadagi cheklov tegishli emas. Agar ishlab turgan Nargizaga nisbatan keyin chiqqan sud hukmi bilan JKning 45-moddasi asosan pedagoglik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘llansa boshqa gap edi. Uni MK 168-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan sud hukmi bilan pedagoglikdan bo‘shatish qonuniy bo‘lar edi.

 

Masalaning yana bir muhim jihati bor, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun 2024 yilning 1 fevral kunidan kuchga kirgan va bu qonun “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga asosan orqaga qaytish kuchiga ega emas. Ya’ni, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasida ko‘rsatilgan yuqoridagi cheklov 2024 yilning 1 fevrali va undan keyin ishga qabul qilingan pedagoglarga nisbatan qo‘llaniladi.

 

3-misol. Shokir qasddan sodir qilgan jinoyati uchun 2018 yilda sudlangan va u 2022 yil 2 avgust kuni o‘qituvchilik lavozimiga ishga qabul qilingan. E’tibor bering, u o‘qituvchilikka qabul qilingan vaqtda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan va kuchga kirmagan edi. Shuning uchun biz aytayotgan 15-moddadagi cheklov Shokirga nisbatan qo‘llanilmaydi. Va uni ushbu cheklovga tayanib ishdan bo‘shatib yuborish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                       R.Galiyev

 

10.10.2024 yil