Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ishdan bo‘shamasdan, ish o‘rnini saqlab turish mumkinmi?


Ishdan bo‘shamasdan, ish o‘rnini saqlab turish mumkinmi?

 

 

Ishdan bo‘shamasdan o‘rnini saqlab qololmaydi.

 

Bu holatda o‘sha o‘qituvchi direktor bilan kelishgan holda o‘z hisobidan 3 oygacha ta’til olishi mumkin.

 

Bunda ham mazkur muddat tugagach yo ishga qaytishi yoki ishdan bo‘shashi talab etiladi.

 

Mehnat kodeksining 241-moddasi ikkinchi qismida xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

 

Mazkur qoidaga ko‘ra xodim o‘zi xohlagan vaqtda ish haqi saqlanmagan holda ta’til ololmaydi. Bu ta’til va uning muddatini albatta ish beruvchi bilan kelishishi shart. Agar ish beruvchi bunga qarshi bo‘lsa, xodimga ta’til berilmaydi.

 

Shunga ko‘ra sizdagi holatda o‘qituvchi va direktor o‘zaro kelishuv orqaligina ta’tilni 3 oygacha rasmiylashtirishi mumkin.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                       R.Galiyev

 

10.10.2024 yil