Янгиликлар
Deputat bo'lgunga qadar maktab direktori lavozimida ishlagan. Agar u saylovlarda yetarli ovoz to'plolmay qayta saylanmasa nima bo'ladi.
Deputat bo'lgunga qadar maktab direktori lavozimida ishlagan.
Agar u saylovlarda yetarli ovoz to'plolmay qayta saylanmasa nima bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to'g'risidagi qonunning 16-moddasiga asosan, deputatlarga vakolati muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolati muddati tugagach, deputatga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin.
Deputat ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 168-moddasining 9-bandiga muvofiq bekor qilinadi.
Saylovdan o'taolmagan deputatga unga oldingi ish joyi direktor beriladi yoki o'z xohishiga ko'ra yuqoriroq lavozim beriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov