Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Oilaviy sharoti tufayli ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilga chiqish mumkinmi ?


Oilaviy sharoti tufayli ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilga chiqish mumkinmi ?

MK 240-moddasiga ko’ra, jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish imkoniyati nazarda tutilishi va bunday ta’tilning kalendar yil davomidagi eng ko‘p davomiyligi belgilanishi mumkin.

Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish nafaqat, jamoa shartnomasida balki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ham nazarda tutilishi mumkin.

MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

jamoa kelishuvlari;

jamoa shartnomalari;

ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;

ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

Ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hisoblanadi. MK 18-moddasiga ko’ra, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlariga buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar kiradi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchi va xodim o’zaro kelishib xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi mumkin.

Ta’til muddati va xodimning saqlanib qoladigan ish haqi miqdori qancha bo’ladi? Agar ushbu ta’til jamoa shartnomasida nazarda tutilganida aniq muddat va miqdor belgilab qo’yilishi mumkin edi.

 

Demak, jamoa shartnomasida nazarda tutilmaganligi uchun taraflar o’zaro kelishib muddat va miqdorni belgilab olishlari mumkin.

 

Lekin xodimning saqlanib qoladigan 1 oylik ish haqi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ya’ni 1 million 155 ming so’mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov