Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ayrim toifadagi tadbirkorlarga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi


Ayrim toifadagi tadbirkorlarga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

 

 

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun rag‘batlantirish choralari nazarda tutilmoqda.

 

Unga ko‘ra, yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).

 

Mazkur toifadagi tadbirkorlik sub'ektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazilmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.

 

Qonun Senat tomonidan ma'qullandi.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani

Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti                                 U.Fayzullayev