Янгиликлар
Onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy yil 1 noyabr sanasidan kuchga kirdi
Onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy yil 1 noyabr sanasidan kuchga kirdi
Avval xabar berilganidek, joriy yil 1 noyabr sanasidan boshlab onlayn kredit ajratish jarayonida firibgarlikning oldini olish maqsadida joriy qilingan vaqtinchalik tartib kuchga kirdi va 2025 yilning 1 apreliga qadar amalda bo‘ladi.
- Tartibga ko‘ra, endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.
- Kredit tashkilotlari fuqaro kredit olish uchun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari ma'lumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqichda (ariza tushgandan so‘ng hamda kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) tekshiruvdan (skoring) o‘tkazadi. Tekshiruv natijasida mijozning salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oshgani aniqlansa, qisqa davr ichida bir nechta kredit rasmiylashtirilgan va qarz yuki keskin oshgan bo‘lsa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi to‘g‘risida xabar beriladi.
- Kredit tashkiloti mobil ilovasida yangi ro‘yxatdan o‘tib yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirib, birinchi marta onlayn kredit olganda, mazkur kredit ajratilganidan boshlab 48 soat davomida kredit hisobidan P2P amaliyotlar, jismoniy shaxslar hisobvaraqlari va elektron hamyonlarga o‘tkazmalar, mobil aloqa operatorlari orqali telefon raqami hisobini to‘ldirish, chet elga pul o‘tkazmalari hamda onlayn
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti U.Fayzullayev