Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Shtatlar o‘zgarishiga oid yangi PF-165-sonli Farmon imzolandi


Shtatlar o‘zgarishiga oid yangi PF-165-sonli Farmon imzolandi

 

“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini tartibga solishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan:

 

➖ vazirliklar (21 ta), qo‘mitalar (14 ta), agentliklar (26 ta) va inspeksiyalarning (9 ta) yagona ro‘yxati (jami 70 ta) tasdiqlandi;

 

➖ respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 53 560 ta etib belgilandi.

 

Shundan:

 

➖ davlat byudjeti hisobidan — 49 105 ta;

➖ byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan — 4 455 ta.

 

Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni 868 ta etib tasdiqlandi. Bunda viloyatlar 3 toifaga bo‘lingan bo‘lib (61 tadan 70 tagacha shtat birligi), Toshkent shahriga (105 ta shtat birligi) toifadan tashqari qo‘shimcha shtatlar ajratildi.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani

Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti                                 U.Fayzullayev