Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024 yilda “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son farmon q


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024 yilda “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son farmon qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;

Agentlik huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi.

2024 yil 1 oktabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

2024 yil 1 oktabrdan yangi bog‘larni barpo etishni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

1- bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;

2- bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;

3- bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;

3- bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                  G.Roxmonkulov