Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024 yilda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-344-son qaror qabul qilindi Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024 yilda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-344-son qaror qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
2024–2027 yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlari.
Agentlik tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.
Bunda:
2025 yil 1 yanvardan:
-intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
-suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiya suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha belgilanadi;
-“in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
-ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi.
-ko‘chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024 yil 1 oktabrdan bekor qilinadi.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi S.Nuraliyev