Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.09.2024 yilda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-149-son farmon qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.09.2024 yilda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-149-son farmon qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qayta aloqani to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

-chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;

-sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;

-chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish;

-sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

-sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berish;

-abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatish.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                      S.Nuraliyev