Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.10.2024 yilda “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347-son farmon qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.10.2024 yilda “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347-son farmon qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

-mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

-aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;

-kambag‘allikni qisqartirish;

-hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025 yil 1 dekabrgacha:

-50 ta tumanda, 2026 yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi;

-ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                  G.Roxmonkulov