Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

O‘rindosh xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddati bor


O‘rindosh xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddati bor

Mehnat kodeksning 441-moddasiga   asosan mazkur ishga o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o‘rindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to‘lashi belgilangan. Ya’ni ish beruvchi o‘rindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan taqdirda uni ikki hafta oldin ogohlantirishi shart.

Bundan tashqari ishdan bo‘shatish nafaqasi ham to‘lanadi. Mehnat kodeksining 442-moddasiga   asosan o‘rindoshlik (ichki yoki tashqi) asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining   ikkinchi qismida hamda 441-moddasida   nazarda tutilgan qo‘shimcha asoslar bo‘yicha bekor qilinganida xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi ikki haftalik o‘rtacha ish haqi miqdorida to‘lanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikki haftalik ishdan bo‘shatish nafaqasi ikki haftalik o‘rtacha ish haqi miqdorida to‘lanadi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil